“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

Murodjon Ahmadaliyev Shahram Gʻiyosov bilan bir kunda ringga chiqadi

04 mar, 21:42 4 639 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murodjon Ahmadaliyev Shahram Gʻiyosov bilan bir kunda ringga chiqadi Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4 KO) aprel oyida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchi GoSport.uz nashriga maʼlum qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, Murodjon Ahmadaliyev 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida ringga koʻtariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas.

Boks kechasining markaziy jangida Murodjon Ahmadaliyev jang qiladigan vaznning WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangi ham aynan oʻsha kuni, oʻsha saroyda boʻlib oʻtadi.

Mazkur jang gʻolibi 90 kun ichida aynan Murodjon Ahmadaliyevga qarshi majburiy jang oʻtkazishi lozim boʻladi. Shu tariqa, Ahmadaliyev yozda bir jang orqali WBA va IBF kamarlarini oʻziniki qilishi mumkin boʻladi.

Inglvudda boʻlib oʻtadigan mazkur boks oqshomida oʻzbekistonlik boshqa bir bokschi Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO) ham ringga koʻtariladi.

Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi sanaladi. U soʻnggi marta 2018 yil 24 noyabr kuni Ayzek Sarateni (16-4-3, 2KO) 9-raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi. Shu jangdan soʻng u reytingda birinchi oʻringa koʻtarilib olgan. Fevral oyidagi reytingda ham u birinchi oʻrinda koʻrsatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 161
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar