“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:51
ЎЗO‘Z

Temurxoʻja Abduholiqov: “Hozircha qogʻozda kuchlimiz”

04 mar, 00:13 5 075 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Temurxoʻja Abduholiqov: “Hozircha qogʻozda kuchlimiz” “Lokomotiv” klubi yana bir sovrinni oʻziniki qilib oldi. Xabaringiz bor, oʻtgan haftada yangi mavsum boshlanishi oldidan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda oʻtgan yilgi Oʻzbekiston chempioni “Lokomotiv” Kubok sohibi OKMK bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda esa temiryoʻlchilar 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Superkubokni qoʻlga kiritishdi va besh yil ichidagi 8-sovringa ega boʻlishdi.

Ushbu uchrashuvda esa birinchi gol muallifi boʻlgan hujumchi Temurxoʻja Abduholiqov “Lokomotiv”ning gʻalabasi uchun katta hissasini qoʻshdi. Shu bois oʻyindan keyin oʻzining taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bu – futbol va uning hayoti shunday. Bugun bu yerda boʻlsangiz, ertaga boshqa yerda boʻlasiz. Buni shunchaki normal holat sifatida qabul qilishimiz kerak. Albatta, “Lokomotiv”ga bu yil kelgan futbolchilar yangi oilaga kelishdi. Ular ham kecha oʻynashni boshlagan futbolchilar emas. Toʻgʻrisi, bu yil xarid qilingan ijrochilar menga yoqdi, ular tajribali futbolchilar va jamoamizga yordam bera olishadi. Albatta, “Lokomotiv”ning qanchalik kuchsizlangan yoki kuchayganini mavsum oxirida bilib olamiz. Superkubokdagi bitta oʻyindan xulosa chiqarish qiyin. Qachonki, chempionat tugaganida shundagina aniq fikr aytish mumkin. Lekin umid qilamanki, biz yanada oldinga intilishda davom etamiz. Oʻz fikrimni aytadigan boʻlsam, klubdagi yuz bergan seleksiyadan soʻng “Lokomotiv”ni kuchaydi deb hisoblayman. Faqat buni amalda isbotay olishimiz kerak. Mavsum davomida qoʻlga kiritadigan natijalarimiz bilan isbotlay olsak, haqiqatdan kuchayganimizni hammaga koʻrsata olgan boʻlamiz. Hozircha biz shunchaki qogʻozda kuchlimiz. Endi esa hammamiz birlashib, kuchimizni amalda koʻrsatishimiz lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 132
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 177
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar