“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 22:25
ЎЗO‘Z

O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan o‘zbek futboliga qaytdi

26 fev, 17:37 6 064 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan o‘zbek futboliga qaytdi O‘zbek futboli mutaxassislaridan biri Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat olib boradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Babayan «Lokomotiv» klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlangan.

Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;
2. «Lokomotiv» bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
3. Klub moddiy-texnika bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Samvel Babayan asosan «Paxtakor» klubidagi va O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. 2014 yilda u «Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 2014 va 2015 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2017 yilda milliy terma jamoa bilan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagan edi.

2018 yil yanvar oyida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Samvel Babayanni «Paxtakor» klubi futbolchilari shartnomasi bilan bog‘liq qallobligi uchun futboldan umrbod chetlatgan edi. Shundan so‘ng u Latviyaning «Spartak» klubida bosh murabbiy va texnik direktor bo‘lib ishladi.
Qayd qilish joizki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Samvel Babayandan diskvalifikatsiya olib tashlangani haqida hech qanday qarorni e’lon qilmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 59
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 107
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 188
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 405
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 74
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 1
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 10
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 26
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 59
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 346
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 95
  • Bo‘limlar