“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:25
ЎЗO‘Z

“Lokomotiv” Italiyaning “Roma” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

20 fev, 14:33 4 009 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Lokomotiv” Italiyaning “Roma” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda Mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” futbol klubi o‘z oldiga yuqori o‘rinlarni qo‘yish bilan birga har tomonlama yetakchi bo‘lish maqsadida o‘z infratuzilmasi, akademiya, marketing va stadionda muxlislarga qulaylik yaratish bo‘yicha ham ishlar olib bormoqda.

Kuni kecha “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov Italiyaning “Roma” klubi bosh direktori Mauro Baldissoni taklifiga binoan klub ofisiga tashrif buyurdi. Bu uchrashuvdan asosiy maqsad ayni damda “Roma” futbol akademiyasiga rahbarlik qilayotgan Franchesko Totti va yaqin kunlarda qurilishi boshlanadigan “Lokomotiv” futbol akademiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga “Loko” safida yetishib chiqayotgan yosh, iste’dodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Rimga yuborish, murabbiylar uchun dasturlar va amaliy qo‘llanmalarni taqdim etish, marketing sohasini rivojlantirish, italiyaliklar tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash hisoblanadi.

Uchrashuv davomida To‘labek Akramov avvalo o‘zbek futboli erishayotgan yutuqlar, Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar hamda “Lokomotiv” jamoasi haqida ma’lumot berdi. Rimliklar bosh direktori Mauro Baldissoni va klubning rivojlanish strategiyasi bo‘yicha direktori Aleks Zekka “Roma” futbol klubi, akademiya, muxlislar bilan ishlash, marketing sohalari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Baldissoni italiyaliklar Xitoy va AQShda qurilgan “Roma” futbol akademiyalari to‘g‘risida fikr yuritib, O‘zbekistonda “Lokomotiv” bilan hamkorlikda ishlash taklifi judayam foydali ekanligi hamda O‘rta Osiyo futbol bozoriga anchadan beri qizaqayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Roma” bosh direktori hamkorlikning dastlabki bosqichida “temiryo‘lchilar” murabbiylari va bir nechta iste’dodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Italiyaga taklif etdi. Shu bilan birga xalqaro homiylarni jalb etish, ular bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini berdi.

O‘zaro suhbatdan so‘ng To‘labek Akramovga “Roma” futbol klubi uy stadioni, klub bazasi, rasmiy do‘konlar faoliyati tanishtirildi.
Judayam samarali o‘tgan uchrashuvda tomonlar klublar o‘rtasida alohida strategiya bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 56
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 280
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar