“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:46
ЎЗO‘Z

Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz

18 fev, 23:10 4 125 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze OChL pley-off bosqichi doirasida "An Nasr"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizni bir o‘yindan iborat qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun tig‘iz taqvimda o‘ynash va yaxshi futbol ko‘rsatish talab etiladi. Raqib o‘yinlarini kuzatdik, kuchli jihatlarini o‘rgandik. Bu jamoani hurmat qilamiz, ammo oldimizga g‘alaba qozonish maqsadini qo‘yganmiz.

Negredoga qarshi hushyor o‘ynashga intilamiz. Shunga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinib ko‘ramiz.

Bunday musobaqada o‘ynaganda hamisha muvaffaqiyat sari intilish zarur. Ertaga esa bir o‘yindan iborat to‘qnashuvda buni uddalashga urinamiz.

Bu jamoa ilgari O‘zbekiston klublari bilan o‘ynagan, ammo ular bir necha yil oldin kechgan. Bizni kutib turgan bellashuvda buning ahamiyati yo‘q. Ertaga zafar quchish lozim bo‘lgan odatiy uchrashuvni o‘tkazamiz. Unda aynan qanday o‘ynashimiz o‘yinning borishi va raqibga ham bog‘liq. Imkoni boricha "Nasr"ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz", - deydi mutaxassis.

Shuningdek, "sherlar" himoyachisi Yegor Krimets ham o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Avvalgi haftada Iroq jamoasini mag‘lubiyatga uchratdik. Guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun endi navbatdagi bellashuvda g‘olib chiqishimiz kerak. Biz buni uddalashga intilamiz. Oldimizga yutuqqa erishish maqsadini qo‘yganmiz.

BAA klublari va terma jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda juda ko‘p marta to‘qnash kelganmiz. Shu sababli ularning uslubidan xabardormiz. Raqibning o‘yinlarini kuzatdik. Ularning kuchsiz va kuchli taraflarini o‘rgandik. Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi deb o‘ylayman", - deydi futbolchi.

Manba: www.pakhtakor.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 1
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 111
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 155
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 251
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 500
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar