“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:48
ЎЗO‘Z

A Seriya. «Yuventus» autsayder «Frozinone» ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi

16 fev, 10:01 3 565 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
A Seriya. «Yuventus» autsayder «Frozinone» ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi Italiya A Seriyasining 24-tur o‘yinlarini peshqadam «Yuventus» va autsayder «Frozinone» o‘zaro bahs bilan ochib berishdi.
Turinda kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi; Paulo Dibala, Leonardo Bonuchchi va Krishtianu Ronaldu o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
«Keksa sinora» A Seriyaning oxirgi uchta o‘yinidan buyon uchtadan to‘p kiritib kelmoqda. Dastlab fevral oyi boshida «Parma» bilan 3:3 o‘ynagan «Yuve» keyinroq «Sassuolo»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ayni paytda jamoa ochkolari sonini 66taga yetkazib, birinchi o‘rinda mustahkam joy egallab turibdi.
Amaldagi chempion keyingi turda «Bolonya» mehmoni bo‘ladi. 19-pog‘onada qolayotgan «Frozinone» esa «Roma»ni o‘z maydonida qabul qiladi. Har ikki uchrashuv ham 23 fevralga belgilangan.
Italiya chempionati
24-tur, 15 fevral
Yuventus – Frozinone 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 6 Dibala, 2:0 – 17 Bonuchchi, 3:0 – 63 Ronaldu.
Yuventus – Shchensnы, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini (Kaseres, 70), De Shilo, Bentankur, Djan, Xedira (Pyanich, 81), Dibala, Mandjukich, Ronaldu (Bernardeski, 64).
16 fevral
22:00. Kalyari – Parma
00:30. Atalanta – Milan
17 fevral
16:30. SPAL – Fiorentina
19:00. Empoli – Sassuolo
19:00. Udineze – Kevo
19:00. Jenoa – Latsio
22:00. Inter – Sampdoriya
00:30. Napoli – Torino
00:30. Roma – Bolonya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 270
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar