“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:29
ЎЗO‘Z

Nurmagomedov jamoasi a’zolari jazo muddati tugamaguncha oktagonga qaytmaydi

31 yanv, 06:58 3 285 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nurmagomedov jamoasi a’zolari jazo muddati tugamaguncha oktagonga qaytmaydi Yengil vazn toifasida UFC chempioni, Konor Makgregor bilan jangdan keyin chiqqan mojaro uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatilgan Xabib Nurmagomedov noyabrda oktagonga qaytishi mumkin. Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz ESPN sport kanalida Ariel Xelvani bilan suhbatda ma’lum qildi.

Xabib Makgregorga qarshi so‘nggi jangini Las-Vegasda (Nevada shtati) o‘tkazgan.
Nevada shtati atletik komissiyasi mojaro yuzasidan chiqargan qarorga ko‘ra, Xabib jamoasining mojaroda ishtirok etgan ikki a’zosi – Zubayra Tuxugov va Abubakr Nurmagomedov bir yilga musobaqalardan chetlatilgan. Xabibning o‘ziga esa 9 oylik chetlatilishdan tashqari, 500 ming dollarlik jarima solingan.

Xelvanining ma’lum qilishicha, Xabib UFC bosh qarorgohi joylashgan Nevada shtatida boshqa jang o‘tkazmaydi. Uning keyingi jangi Nyu-Yorkdagi Medison-skver-gardenda o‘tishi mumkin.

“Xabib Nevadada boshqa jang o‘tkazmaydi, chunki uning inilari juda qattiq jazolandilar”, deb aytgan Ali Abdulaziz.
Shuningdek, Xabib jamoasi a’zolari jazo muddati yakunlanmaguncha oktagonga qaytmasligi va ularning har biriga solingan 25 ming dollarlik jarimani to‘lab berishini aytgan.

Shuningdek, mojaroning yana bir ishtirokchisi – Konor Makgregor 6 oyga chetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan.
Xabibning menejeri Makgregorga juda oz miqdorda jarima solingani uchun komissiya chiqargan qarorni adolatsiz deb atagan.
Konorning o‘zi esa qarorga qarshilik bildirmagan. Sportchilarning diskvalifikatsiya muddati 10 oktyabrdan boshlab hisoblanadi va shu tariqa irlandiyalik apreldayoq yana oktagonga qaytishi mumkin.

“Komissiyaga adolatli qaror uchun minnatdorlik bildiraman. Men o‘sha kecha raqibimning yaqinlari bilan urishishni istamagandim, shunday chiqdi. Qaytishimni intiqlik bilan kutib qolaman”, deb yozgan irlandiyalik tvitterda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 173
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar