Lozannadagi Xalqaro Sport Arbitraj Sudi “Barselona”ning apellyasiyasini ko‘rib chiqdi va bundan oldingi sud bosqichi hukmi to‘g‘ri chiqarilgan deb topdi. Bu haqida “sports.ru”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, FIFA kataloniyaliklarga ikkita transfer mavsumi davomida yangi futbolchi xarid qilishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Xalqaro Sport Arbitraj sudi FIFAning qarorini o‘z kuchida qoldirdi.
Endilikda “Barselona” klubi 2016 yilga qadar yangi futbolchi xarid qila olmaydi. Shuningdek, klub 450 ming Shveysariya franki miqdorida jarima ham to‘lashi kerak bo‘ladi.