“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:56
ЎЗO‘Z

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi amerikalik yengilmas bokschi bo‘ladi

18 yanv, 17:34 4 313 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi amerikalik yengilmas bokschi bo‘ladi Joriy yilning 15 fevralida professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur jang Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkaziladi.

10 raund etib belgilangan qarama-qarshilik kechaning asosiy to‘qnashuvlaridan bo‘ladi. Unda nokautchi Shohjahonga ushbu vaznning yana bir nomdor vakili amerikalik yengilmas bokschi Mikal Foks raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtga qadar 19 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. 5 tasi nokaut.

Shuningdek, yana bir qiziqarli jangda yengilmas Tomas Patrik (25-0-0) va Jessi Anxel Ernandes (12-1-0) o‘zaro kuch sinashadi.

Kechaning shu ikki jangi ishtirokchilari hisobida umumiy 71 g‘alaba va atigi 1 mag‘lubiyat bor. Mazkur janglar ShoBox telekanali orqali namoyish etiladi.

– Shohjahon Ergashev eng kuchli bokschilardan biri. U yengilmas, tajribali va hal qiluvchi bokschi Mikal Foks bilan kuch sinashadi. Ajoyib jang. G‘olib yarim o‘rta vazn toifasida eng yaxshilardan biri nomini qo‘lga kiritadi, – deydi Salita Promotions prezidenti Dmitriy Salita. – Asosiy to‘qnashuv super og‘ir vaznda jahon chempionligiga da’vogarlik uchun borayotgan ikki nomdor bokschi o‘rtasida o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar