“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqda"

17 yanv, 12:00 3 178 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqda" Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o‘yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o‘yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o‘yinda bosim yo‘q bo‘lsa-da, mas’uliyat bor. Futbolchilarimiz g‘oliblik ruhini yo‘qotmaslik uchun ham bu o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilishadi.

Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o‘yinga to‘g‘ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o‘yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo‘l keladi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o‘yin namoyish qilishlariga ishonaman.

Yaponiyaga qarshi o‘yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar