“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qaysi xorijlik murabbiy boshqarishi aniq bo‘ldi

16 yanv, 20:10 4 011 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qaysi xorijlik murabbiy boshqarishi aniq bo‘ldi Serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlanadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, O‘FA olimpiya terma jamoasini boshqarish uchun 4 nafar mutaxassis nomzodini o‘rganib chiqayotgani va Drulovichdan tashqari ularning ichida italiyalik Massimo Fichchadenti, ispaniyalik Xuan Sanches Makeda va xorvatiyalik Nenad Grachan borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yakuniy qarorga ko‘ra, bu lavozim 50 yoshli Drulovichga topshiriladigan bo‘ldi. Uning oldiga Tokio – 2020 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yiladi. Drulovichning murabbiylar shtabiga vatandoshlari Zavisha Miloslavlevich va Neboysa Topalov ham kiritiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Lyubinko Drulovich 1968 yilda tug‘ilgan. Murabbiylik faoliyatida Angolaning «Agoshtu», Serbiyaning «Partizan» klublarini, Serbiya va BAA o‘smirlar terma jamoalarini, Makedoniya terma jamoasini boshqargan. Serbiya U19 bilan Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan, BAA U19 bilan jahon chempionatiga chiqqan. 2013 yilda Serbiyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2019 yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyachilari bilan F guruhidan o‘rin olgan. Saralashdan o‘tgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oralig‘ida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Unda 16ta jamoa ishtirok etadi, 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritganlar Tokio - 2020 olimpiadasida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 1
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 31
  • Xavi katta umidlar bilan olib kelingan yulduzni nega o‘ynatmaganini aytdi 17 мая, 22:39 176
  • “Barsa”da o‘ynagan futbolchi Fayzullayevni qanchaga transfer qilish mumkinligini aytdi 17 мая, 22:15 348
  • Boks. 11 nafar bokschimiz Xabarovskdagi turnir finaliga chiqdi 17 мая, 22:00 136
  • Shavkat Mirziyoyev U-23 terma jamoasi haqida: «Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» 17 мая, 15:15 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa hududida Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlari taqiqlandi 18 мая, 07:43 0
  • Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish 18 мая, 07:19 2
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 27
  • Berlindagi Apple do‘koniga qizil bo‘yoq sepib ketishdi 18 мая, 06:42 20
  • AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saudiya Arabistoni va Isroilga boradi 18 мая, 06:00 14
  • Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi 18 мая, 00:41 236
  • O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda 18 мая, 00:24 100
  • Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi 18 мая, 00:15 70
  • Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida 18 мая, 00:13 98
  • Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi 17 мая, 23:36 157
  • Xavi katta umidlar bilan olib kelingan yulduzni nega o‘ynatmaganini aytdi 17 мая, 22:39 174
  • “Barsa”da o‘ynagan futbolchi Fayzullayevni qanchaga transfer qilish mumkinligini aytdi 17 мая, 22:15 346
  • Bo‘limlar