“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:39
ЎЗO‘Z

Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston muddatidan oldin pley-offga chiqishi mumkin

13 yanv, 12:28 3 440 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston muddatidan oldin pley-offga chiqishi mumkin Hafta bilan birga Osiyo Kubogida guruh bosqichining 2-turi ham yakuniga yetib bormoqda. Bugun navbatdagi bosqich masalasini hal etgan jamoalar soni o‘ntaga yaqinlashishi mumkin.

«E» guruhi
Toshkent vaqti bilan soat 16:00da KXDR – Qatar o‘yini kun uchrashuvlarini boshlab beradi. To‘rt yil oldingi Osiyo Kubogida ushbu ikkala jamoa ham birorta ochko yig‘a olmay, o‘z guruhlarida so‘nggi o‘rinni olgan edi. Qatar bu gal pley-offga chiqishga yaqin turibdi: Feliks Sanches jamoasi hafta o‘rtasida Livan bilan bahslashib, 65-daqiqadan keyin raqib darvozasiga ikki marta yo‘l topa oldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shimoliy Koreya esa Saudiya Arabistonidan 0:4 hisobida yengildi. Koreyslarga ikkinchi turda ham oson bo‘lmasligi aniq, chunki Qatarni durang natija ham keyingi bosqichga olib chiqadi.

16:00. KXDR – Qatar
17 yanvar: Saudiya Arabistoni – Qatar, Livan – KXDR

«F» guruhi
Soat 18:30dan boshlab Ummon va Yaponiya terma jamoalari Abu Dabida, 21:00da esa Turkmaniston va O‘zbekiston Dubay shahrida o‘zaro bahsga kirishadi. O‘zbekiston termasi himoyachisi Yegor Krimets o‘tgan o‘yindagi qizil kartochka sabab bu turni o‘tkazib yuboradi. Markaziy Osiyo derbisini mezbon BAA vakili Ammor Al–Jeneybi boshqarib borishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari hozirga qadar 9 marotaba kuch sinashgan bo‘lib, ulardan 7tasida o‘zbekistonliklarning qo‘li baland kelgan; bir bahsda durang qayd etilgan, yana bir uchrashuv Turkmaniston foydasiga hal bo‘lgan. To‘plar nisbati – 20:5.

18:30. Ummon – Yaponiya
21:00. Turkmaniston – O‘zbekiston

17 yanvar: Ummon – Turkmaniston, Yaponiya – O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Iordaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Eron va Iroq kabi terma jamoalar guruh bosqichidan chiqish vazifani uddalab bo‘lishdi. Bugun ular qatoriga Qatar, Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari qo‘shilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar