“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:08
ЎЗO‘Z

Umid Ahmadjonov: "Bu g‘alaba futbolchilarimizni ruhlantirishi aniq"

11 yanv, 11:22 3 245 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umid Ahmadjonov: "Bu g‘alaba futbolchilarimizni ruhlantirishi aniq" Milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Ummonga qarshi uchrashuvni hammamiz ko‘rdik, chindan ham qiyin bo‘ldi. Lekin bu Osiyo Kubogi bo‘lgani uchun aslida ham har bir uchrashuv mana shunday tarzda og‘ir o‘tishi tabiiy. Axir hech kim g‘alabani sizga o‘z qo‘li bilan topshirib qo‘ymaydi.

Asosiy faktor shundaki, biz nima bo‘lsa ham birinchi o‘yinda g‘alaba qozondik, boshqasi muhim emas. To‘g‘ri, o‘yin davomida xato va kamchiliklar kuzatildi. Ammo bu murabbiylar hal qiladigan ish. Biz esa terma jamoamizning ilk uchrashuvidagi muhim g‘alabasidan xursandmiz. Ummonga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘yin haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Avvalambor xalqimizni dastlabki qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Eng muhimi biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Guruhimizda Yaponiya borligi sababli hamma biz uchun ular bilan o‘yin og‘ir o‘tishini aytishayotgandi. Ammo dastlabki uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, aslida Ummon terma jamoasi biz uchun eng xavfli raqib edi.

- Mana shunday qiyin kechgan uchrashuvda futbolchilarimizning matonat ko‘rsatib, g‘alaba uchun oxirigacha kurashishganidan xursandman. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Osiyo Kubogida bir qator kutilmagan natijalar ham kuzatilyapti. Bu yerga kelgan har bir jamoaning o‘z maqsadi bor. Hech kim shunchaki yutqazib berishni istamaydi. Shu sababli Ummon ham bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi.

- Xudoga shukrki, Ummon to‘sig‘idan eson-omon o‘tib oldik. Bu g‘alaba esa futbolchilarimizni yanada ruhlantirishi aniq. Ishonamanki, jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib boraveradi. Futbolchilarimiz xalqimizning qo‘llab-quvvatlayotganini his qilib turishibdi. Biz bu yerga nima maqsadda kelganimizni juda yaxshi bilamiz, niyatlarimiz katta. Xudo xohlasa, BAAdan Osiyo Kubogi bilan qaytamiz – dedi Umid Muhammadjonovich.
Shuhratbek Jo‘rayev suhbatlashdi

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar