“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:01
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov: "Osiyo Kubogida har bir terma jamoaga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak"

07 yanv, 06:56 3 405 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov: "Osiyo Kubogida har bir terma jamoaga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak" O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov BAAda davom etayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi va unga tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik a’lo darajada kechmoqda. Terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning kayfiyati yuqori. Xudoga shukr, hamma safda, yaxshi kayfiyatda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Birinchi o‘yinni yaxshi boshlab olish juda muhim. Hozirda bor e’tiborimiz shunga qaratilgan.

Ummon ham oddiy jamoa emas. Umuman, Osiyo Kubogida har bir terma jamoaga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Iordaniya Avstraliyani qanday yutib qo‘yganini barcha ko‘rdi. Shu sababli raqibni mensimaslik yoki o‘yinga jiddiylik bilan tayyorgarlik ko‘rmaslik yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Buni juda yaxshi his qilgan holda, Osiyo Kubogidan o‘rin olgan birinchi o‘yinga ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", - deydi Eldor Shomurodov.

Manba: O‘FA Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 145
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 100
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar