“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:59
ЎЗO‘Z

AGMK 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

06 yanv, 20:28 3 673 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AGMK 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi 3 yanvardan boshlab AGMK futbol klubi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. 15 yanvarga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda. 8 yanvar kuni jamoa futbolchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, jamoada yangi murabbiylar shtabi ish boshlaganligini xabar berib o‘tgan edik. 2018 yilgi mavsumda AGMK murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Zohid Nurmatov, Anton Mayeranov va Xaliljon Abdurahmonov bilan ham shartnomalar uzaytirilmadi. Bunga qadar bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham xayrlashilgandi.

2019 yilda AGMK jamoamiz o‘z tarixida ilk marotaba xalqaro maydonda uchrashuvlar o‘tkazadi. Ayni kunlarda jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bir qator tajribali futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng ommaga rasman e’lon qilinadi.

2018 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya etgan bir qator futbolchilar bilan ham shartnomalar uzaytirildi. Shu bilan birga jamoani tark etgan futbolchilar ham bor. Xurshid Xodjayev, Alisher Samatov, Muzaffar Muzaffarov, Jamshid Hasanov, Kamoliddin Murzoyev, Yovan Jokich, Vladimir Bubanya va Vladislav Kasminin bilan xayrlashildi.

Jamoa murabbiylar shtabida yana ikki mutaxassis ish boshladi. Vitaliy Lushachyov jamoaga tahlilchi murabbiy (analitik) va Marat Axmerov murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 90
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar