“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

Jahon chempionini yenggan Shamsiddin Vohidov «MacBook Pro» bilan taqdirlandi

06 yanv, 00:30 3 803 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon chempionini yenggan Shamsiddin Vohidov «MacBook Pro» bilan taqdirlandi 2018 yil 25-31 dekabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida rapid hamda blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionat Xalqaro Shaxmat federatsiyasining rasmiy musobaqasi bo‘lib, mukofot jamg‘armasi jami 1 000 000 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Mazkur nufuzli chempionatda o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboyev, shuningdek, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Gulruhbegim Tohirjonova ishtirok etdi.

Rapid yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqaning 2-turida sensatsiya qayd etildi. Ushbu turda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni norvegiyalik xalqaro grossmeyster Magnus Karlsen bilan o‘zaro dona surdi. Partiyaning 22-yurishida xatoga yo‘l qo‘ygan jahonning mutlaq chempioni 36-yurishda 14 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioniga taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi. Shamsiddin mazkur o‘yinda ajoyib texnikani ishga solib, raqibining xatosidan unumli foydalangan holda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Sh.Vohidov 15 tur natijalariga ko‘ra, 5 nafar xalqaro grossmeysterni mag‘lubiyatga uchratdi, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang va 1 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi ustidan g‘alab qozondi. 15 turdan 8,5 ochko jamg‘arib, 206 nafar sportchilar orasida 58-o‘rinni qayd etdi hamda o‘z reytingiga 123 ball qo‘shdi.

Chempionatda ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5 nafar xalqaro grossmeyster ustidan g‘alaba, 5 nafar xalqaro grossmeyster bilan durang qayd etib, jami 15 turdan 8 ochko jamg‘arib, 88-o‘rinni egalladi. Nodirbek Yoqubboyev xalqaro grossmeysterlarga qarshi 7 ta durang, 4 g‘alabaga erishib, 7,5 ochkoni qo‘lga kiritdi.

5 yanvar kuni shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgan Shamsiddin Vohidov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan MacBook Pro rusumli eng zamonaviy kompyuter bilan taqdirlandi. Federatsiya prezidenti sovg‘asini birinchi vitse-prezident Husan Turdialiyev topshirdi.

Manba: kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar