“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:54
ЎЗO‘Z

«Real» safarda «Vilyarreal»ni mag‘lub etolmadi

04 yanv, 10:34 3 036 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Real» safarda «Vilyarreal»ni mag‘lub etolmadi Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal» – «Real» Madrid qoldirilgan uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Estadio de la Seramika»da bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvni mezbonlar tezkor gol bilan boshlashdi, 4-daqiqada Santi Kasorla madridliklar himoyasidagi bo‘shliqdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Biroq madridliklar bu golga tezda javob qaytarishdi, Lukas Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni havolatib markazga uzatdi, u yerda Karim Benzema boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.

20-daqiqada «Real» futbolchilari standart vaziyatdanunumli foydalanishdi, Toni Kroosning jarima maydoniga uzatgan to‘pini Rafael Varan boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.

82-daqiqada Kasorla Kurtua oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, dublini nishonladi.

Shu tariqa, «Real» ochkolarini 30taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» (16) esa 18-pog‘onada bormoqda.

La Liga, 17-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar:
1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.

Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Layyun, Ruis, Fornals, Xavi Fuego (Trigeros, 82), Chukvueze, Kaseres (Toko-Ekambi, 63), Kasorla, Moreno (Bakka, 68).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 64), Kazemiro, Vaskes, Kroos (Vinisius Junior, 86), Beyl (Isko, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (41), Alvaro Gonsales (45), Ramos (89), Kosta (90).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar