“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 06:46
ЎЗO‘Z

OFK: Odil Hamrobekov – eʼtiborga arzigulik futbolchi

17 dek, 21:25 3 775 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK: Odil Hamrobekov – eʼtiborga arzigulik futbolchi Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti www.the-afc.com Osiyo Kubogi oldidan ishtirokchi terma jamoalar tarkibida porlashi kutilayotgan futbolchilar haqida turkum maqolalar eʼlon qilib bormoqda. Bu safar OFK sayti Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga eʼtibor qaratdi. Quyida eʼtiboringizga OFK saytida eʼlon qilingan maqolaning tarjimasini havola qilamiz:

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzining 7-Osiyo Kubogi hisoblangan BAAda boʻlib oʻtadigan musobaqada bir qator futbolchilar qatori Odil Hamrobekovga ham katta umid bogʻlamoqda.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin oʻtkazilgan barcha Osiyo Kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Uch marta chorak final va bir marta (2011 yilda) yarim finalga qadar yetib borgan. Endilikda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga yoʻl olmoqchi.

MTJdagi debyut

Odil Hamrobekov 2017 yil milliy terma jamoa tarkibida BAAga qarshi oʻyinda debyut qilgan boʻlib, shu paytga qadar “Oq boʻrilar” tarkibida 9ta oʻyinda maydonga tushgan.

Yarim himoyachi shu yil yanvarda boʻlib oʻtgan U-23 Osiyo chempionatida musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida eʼtirof etilgandi.

Oʻyin uslubi

22 yoshli Odil Hamrobekov maydonni yaxshi koʻra oladi, raqiblari oʻyinini aʼlo darajada oʻqiydi. U yarim himoya, tayanch yarim himoya va himoya chizigʻida oʻynay oladi.

Ishonchli tarzda himoyalana olish uning yagona yutugʻi emas. Hamrobekov hujumlarga ham faol qoʻshiladi, oʻyin tempini nazorat qilishi mumkin. Kerak paytlarda sovuqqonlik bilan harakat qila oladi.

Odil Hamrobekov

Fuqaroligi: Oʻzbekiston
Tugʻilgan sanasi: 13.02.1996
Pozitsiya: Yarim himoyachi
Hozirgi klubi: “Nasaf” (Oʻzbekiston)
Avvalgi klubi: Yoʻq

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi oʻyinlari taqvimi:

Oʻzbekiston - Ummon
“Sharja” stadioni, Sharja
Oʻyin sanasi: 9 yanvar, 18:30

Oʻzbekiston - Turkmaniston
“Ar-Rashid” stadioni, Dubay
Oʻyin sanasi: 13 yanvar, 21:00

Oʻzbekiston - Yaponiya
“Shayx Xalifa” stadioni, Al-Ayn
Oʻyin sanasi: 17 yanvar, 18:30




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • Bo‘limlar