“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:43
ЎЗO‘Z

Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqida gapirdi

16 dek, 19:06 3 802 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqida gapirdi «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bayon etdi.

Saloh bir muddat «Chelsi»da, portugaliyalik mutaxassis qo‘li ostida to‘p surgan, ammo Mourino uni asosiy tarkibga kiritmagandi. Misrlik futbolchi London klubi safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urgandi. 2015 yilda u «Fiorentina»ga ijaraga berilgan, 2015/16 yilgi mavsumni «Roma»da o‘tkazgan, keyinroq rimliklar klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.

«Menimcha, Saloh barcha tomonlama rivojlandi. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari qanchalik o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin. Saloh avval tezkor, shu bilan birga nimjon yigitcha edi. Hozir esa u ham tezkor, ham kuchli.

U o‘shanda Shveysariyadan («Bazel») Angliyaning katta klubiga [«Chelsi»] kelgan, lekin APLga ruhiy jihatdan moslasha olmagandi.

Endi u mutlaqo boshqa futbolchi, u «Bazel»dan «Chelsi»ga kelgan yosh iqtidor emas, yetuk futbolchi. O‘shanda Saloh istiqbolli futbolchi edi, hozir esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Men o‘shanda uni o‘zimga katta yordam bera oladi deb o‘ylamagandim. Men uning istiqbolli futbolchi ekanini bilardim, endi u haqiqatanam katta futbolchiga aylandi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan manchesterliklar klubi rasmiy sayti.

Bugun «Manchester Yunayted» APLning 17-turi doirasida «Liverpul» mehmoni bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 233
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 353
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar