“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:07
ЎЗO‘Z

Murodjon Ahmadaliyev amaldagi jahon chempionini jangga chorladi

06 dek, 17:07 4 207 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murodjon Ahmadaliyev amaldagi jahon chempionini jangga chorladi Professional boksning super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Intersontinental kamari sohibi bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangida jahon chempionligi kamari sohibi bilan jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda 5 dekabr kuni sportchi o‘zining "Instagram"dagi sahifasida amaldagi chempionga qilgan murojaatida ma’lum qilgan.

“Beshta jangimdagi g‘alabalar evaziga WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildim. Bu hozirda WBA chempionlik kamari sohibi bo‘lgan Daniel Romanga qarshi ringga chiqish huquqini beradi. Jamoam bu jangni tashkillashtira olishiga ishonaman, lekin buning uchun chempionning o‘zi rozilik berishi kerak. U chempion va uning qarorini hurmat qilaman. Ammo oldimga butun dunyo reytingida birinchi o‘rinda bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganman. Shunday ekan, Daniel Roman, kel birgalikda sportsevarlarga, boks ishqibozlariga ajoyib bellashuv taqdim etamiz. Eng kuchli kim bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘lsin“, deya yozib qoldirgan Ahmadaliyev.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Hozirgacha 5 ta jang o‘tkazgan Ahmadaliyev ularning barchasida g‘alaba qozongan, 4 ta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

28 yoshli Daniel Roman esa professional boksda 29 ta jang o‘tkazib, ularning 26tasida g‘alaba (10ta nokaut) qozongan, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. 2017 yilning 9 sentyabrida yaponiyalik Shun Kuboga qarshi jangda WBA chempionlik kamarini himoya qilgan.

So‘nggi marta 2018 yilning 6 oktyabr kuni Gevin MakDonnellga qarshi jangda raqibini 10-raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 173
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar