“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Yevro-2020 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

02 dek, 20:36 3 621 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevro-2020 saralash bosqichiga qur’a tashlandi Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Yevro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va Yevropadagi 55ta milliy terma jamoa saralash bosqichidagi o‘z raqiblari nomini bilib olishdi.

Chempionatning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi B guruhidan joy oldi, bu guruhda yana Ukraina, Serbiya, Litva va Lyuksemburg kabi terma jamoalar bor.

2018 yilgi jahon chempioni bo‘lgan Fransiya esa H guruhida Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova va Andorra kabi terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bosqichida 55 jamoa 10 guruhga ajratilgan. Guruh bosqichi 2019 yil noyabrida start oladi.

Yevropa chempionati 2020 yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar qit’aning 12ta yirik shahrida o‘tkaziladi.

A guruhi: Angliya*, Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya, Kosovo*.

B guruhi: Portugaliya*, Ukraina*, Serbiya*, Litva, Lyuksemburg.

C guruhi: Niderlandiya*, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Estoniya, Belarus*.

D guruhi: Shveysariya*, Daniya*, Irlandiya, Gruziya*, Gibraltar.

E guruhi: Xorvatiya, Uels, Slovakiya, Vengriya, Ozarboyjon.

F guruhi: Ispaniya, Shvetsiya*, Norvegiya*, Ruminiya, Farer orollari, Malta.

G guruhi: Polsha, Avstriya, Isroil, Sloveniya, Makedoniya*, Latviya.

H guruhi: Fransiya, Islandiya, Turkiya, Albaniya, Moldova, Andorra.

I guruhi: Belgiya, Rossiya, Shotlandiya*, Kipr, Qozog‘iston, San-Marino.

J guruhi: Italiya, Bosniya va Gersegovina*, Finlyandiya*, Gretsiya, Armaniston, Lixtenshteyn.

*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g‘oliblari o‘zlari uchun kamida o‘tish o‘yinini kafolatlab qo‘yishgan.

Har guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Yana to‘rtta yo‘llanma egasi 2020 yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘tish o‘yinlari yoki jamoalarning reytingdagi pog‘onasi orqali aniqlab olinadi.

UYeFA Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, quyidagi jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi: Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Kosovo, Kosovo va Serbiya.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar