“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:53
ЎЗO‘Z

Rustam Akramov Kuperni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

29 noya, 23:44 3 310 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rustam Akramov Kuperni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Avstraliyada Livan hamda Janubiy Koreya termalariga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi o‘yini va natijalari hech kimni qoniqtirmadi. Ayniqsa, koreyslarga biror-bir qarshiliksiz yirik hisobda mag‘lub bo‘lganimiz esa xafsalani pir qilgandek bo‘ldi. Natijada bosh murabbiy Ektor Kuper tomon jiddiy tanqidlar ham aytildi. Osiyo Kubogi boshlanishiga esa oz fursat qolmoqda. Kuperning ixtiyorida esa tayyorgarlik uchun to‘liq bir oy vaqt qoldi xolos. Avgust oyida ish boshlagan argentinalik mutaxassis shu vaqt davomida nisbatan bo‘lsa-da, o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishdi, o‘yinchilarimizning imkoniyatlarini chamalab oldi. Ammo uning futbolga o‘z dunyoqarashi va fikrlashi bor. U aynan bilim va tajribasidan kelib chiqqan holda jamoani shakllantirmoqda. Ammo ko‘rinib turibdiki, bu yo‘lda u turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lyapti. Buni o‘sha Koreya bilan bellashuv yaqqol ko‘rsatib berdi.

“Rekxagel ham Gretsiyani chempion qilishdan oldin o‘rtoqlik o‘yinlarida yutqazgan”

Terma jamoamizni top-saviyadagi mutaxassis boshqarayotgani sababli endilikda uning ishiga hamma qiziqish bilan qaramoqda. Aniqrog‘i, Ektor Kuper terma jamoamiz bilan nima ko‘rsata olishi barchani birdek qiziqtirmoqda. Bungacha Toshkentda KXDR hamda Qatar termalarini 2:0 hisoblarida yutgan o‘yinlarimizda hartugul ijobiy fikrlar yangragandi. Biroq Avstraliyadagi ikkita uchrashuv buning aksini ko‘rsatib berdi. Endilikda Kuperning tajribasiga shubha bilan qaraydiganlar ham ko‘payib qoldi. Har kim o‘z fikriga ega, albatta. Lekin bu borada futbol mutaxassislari qanday fikrdalar? Ko‘pni ko‘rgan, boy tajribaga ega bo‘lgan Rustam Akramov ham ayni paytda terma jamoamizni diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Shu bois mazkur vaziyat xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Esingizda bormi, Otto Rekxagel degan murabbiy? U 2004 yili Gretsiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgandi. Ungacha ikki yil davomida murabbiy jamoasi bilan barcha o‘rtoqlik uchrashuvlarida yutqazib keldi. Ammo Yevropa chempionatida Gretsiyani chempionlik sari yetaklab kela olgandi. Ektor Kuper haqida kim nima desa desin-u, ammo u juda tajribali mutaxassis. Men uning ishini kuzatib kelyapman. Biz bir narsani unutmasligimiz kerak, futbolchilarimizda jahon chempionatida qatnashish tajribasi yo‘q. Lekin murabbiy jamoada o‘yin tashkilotchiligini to‘g‘ri yo‘nalishda olib boryapti. Ya’ni, himoyadan hujumga o‘tishda yaxshi o‘zgarishlar bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. Xo‘sh, hozir hamma o‘rtoqlik uchrashuvlarida yutdik deylik, ammo Osiyo Kubogida ishlarimiz yurishmasa-chi? Hujumda biror-bir ishni qoyillata olmasak nima bo‘ladi? Mayli, hozirgi paytda yutqazsa yutqazaversin, hech qisi yo‘q. Muhimi, murabbiy mana shunday uchrashuvlar orqali o‘z idealarini amalga tatbiq eta olsin-da. Bilasizmi, hozirgi paytda Kuperni tanqid qilish emas, aksincha, qo‘llab-quvvatlash lozim. Men bosh murabbiy haqida yomon fikr bildira olmayman. Uning ishida biror-bir salbiylikni ko‘rayotganim yo‘q. U terma jamoamizda hammasini to‘g‘ri yo‘nalishda boshladi. Umuman olganda, men ham terma jamoamizning Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinini ko‘rdim. Jamoamiz endi-endi o‘z o‘yinini topib boryapti. Yangi murabbiyning nazariyasi bo‘yicha ishlashga harakat qilishyapti. Bunday vaziyatda faqat kutish kerak. Sabr qilish lozim. Sabr tagi rahmon deyishadi-ku.

“Futbolda natija muhim”

Shuningdek, bosh murabbiyning qo‘llayotgan taktikasi ham hammaga birdek yoqavermayapti. Chunki uning takikasi asosan himoyaga ixtisoslashgan. U avvalo mudofaa chizig‘i haqida o‘ylaydi. Lekin natija uchun murabbiy javobgar ekan, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin terma jamoamizni muvaffaqiyatlar sari yetaklay olishi darkor. Lekin bizning futbolchilarimiz har doim himoyadan o‘ynashmagani uchun Kuperning taktik uslublariga moslashib olishlariga baribir vaqt kerak bo‘lyapti. O‘z navbatida Rustam Akramov Kuperning himoyaviy taktika qo‘llayotganiga ham munosabatini bildirib o‘tdi.

- Hujumkor o‘yin ko‘rsatib, beshta gol ursangiz-u, ammo o‘z darvozangizdan oltita to‘p o‘tkazib yuborib, 6:5 hisobida yutqazsangiz nima bo‘ladi? Agar shunday tarzda yutqazaversak, hamma murabbiyni yomonlaydi, unga tanqidlar yog‘iladi. Bilasizmi, bunday paytda yo 1:0 ga yutish, yoki 0:1 ga yutqazish kerak. Hammasi asta-sekinlik bilan bo‘ladi. Kuperning o‘ylagan rejalari amalga oshishi uchun biroz vaqt kerak. Barchasi birdaniga ro‘y bermaydi. Ana, Gretsiya Yevropa chempionatida raqiblarini qanday hisoblarda yutib chempion bo‘lgandi? Asosan 1:0 va 2:1 hisoblarida mag‘lub etib, yakunda o‘z maqsadiga erishgandi, to‘g‘rimi? Futbolda natija muhim va aynan natija ustivor vazifaga aylanadi. Har doim vaziyatga yaxshi niyat bilan qarash kerak.

“Osiyo Kubogidan keyin Kuperga baho berish mumkin”

Aslida Ektor Kuperni terma jamoamizni 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish uchun olib kelingan. Ammo bungacha ham muhim musobaqalar borligini unutmaslik kerak. Bulardan biri esa Osiyo Kubogi. 2019 yilning yanvar oyida boshlanadigan qit’amizdagi eng muhim turnirda O‘zbekiston qanday o‘yin va natija ko‘rsatadi? Kuperga esa dastlabki bahoni Osiyo Kubogidan keyin bersak adolatli bo‘lardi. Akramovdan Osiyo Kubogida terma jamoamizdan nimani kutyapsiz deb so‘raganimizda shunday dedi:

- Osiyo Kubogida bizni nima kutyapti? To‘g‘risi, bilmayman. Hammasi futbolchilarga va murabbiyga bog‘liq. Asosiy musobaqagacha bir oy vaqt qoldi. Yaxshi tomonimizni ham, yomon tomonimizni ham Osiyo Kubogi ko‘rsatib beradi. Aynan o‘sha musobaqadan keyin Kuperga baho berish mumkin. Jahon chempionati saralash bahslari boshlanishiga hali murabbiyning vaqti bor.
Shuhratbek Jo‘rayev suhbatlashdi


Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 0
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 4
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 126
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 55
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 197
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar