“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

Shahram G‘iyosov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

29 noya, 14:30 3 581 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahram G‘iyosov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi Kecha, 28 noyabr Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosovni qabul qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Shahram G‘iyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi g‘alabalari hamda yurtimizda sportni ommalashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Vazir Dilmurod Nabiyev Shahram G‘iyosovga qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lidagi say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sportchimizning yutuqlari yoshlarimiz orasida boksga, umuman sportga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi hamda vazirlik bundan keyin ham bokschimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, Shahram G‘iyosov joriy yilning 25 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Atlantik-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida navbatdagi raqibi meksikalik tajribali bokschi Migel Zamudioni ilk raundayoq mag‘lub etgan edi.

Ma’lumot uchun, 2016 yil Braziliyaning “Rio-de-Janeyro”da bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov bugungi kungacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan, u 5 ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 118
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 79
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 147
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar