“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:18
ЎЗO‘Z

«Barselona» Neymarga shart qo‘ymoqda

22 noya, 18:20 4 070 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Barselona» Neymarga shart qo‘ymoqda «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar Fransiyada o‘zini baxtiyor his qilmayapti va u sobiq klubi «Barselona»ga qaytishni istamoqda.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar klubiga qaytishi orqali klubdagi muammolar hal bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

«Barselona» ham Neymarni qabul qilishga tayyor, ammo u o‘zi tashabbus ko‘rsatishini istashmoqda. Bu klub direktori Pep Seguraning bayonotida ham ko‘rinadi.

Birinchidan, kataloniyaliklar forvard rasman klubni tark etganidan afsusdaligini bildirib, muxlislar bilan aloqani yaxshilashi zarur.

Ikkinchidan, Neymar maoshi kamayishiga rozilik bildirishi kerak bo‘ladi, «Barselona» hozirda unga «PSJ»dagi kabi maosh to‘lay olmaydi.

Shu bilan birga, matbuotda Neymarning «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan munosabati sovuqligi borasida ham yozilmoqda.

Ayni paytda boshqa bir nashr – Mundo Deportivo tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilib kelgan «Real» bu borada o‘z fikridan qaytgan. «Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres dastlab uni asosiy xarid maqsadi sifatida ko‘rgan, ammo bir tomondan Neymarning Madridga kelishini istamayotgan klub muxlislari, ikkinchi tomondan unga «Barsa»ning ham qiziqayotgani rahbarning hafsalasini pir qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan, o‘tgan yilning yozida rekord qiymatda – 222 mln yevroga «PSJ»ga transfer qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 121
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 231
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar