“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

«Manchester Siti» derbida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi

11 noya, 23:31 3 539 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Manchester Siti» derbida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi Angliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Etixad Stedium»da kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni faol boshlagan mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi: 12-daqiqada jarima maydonida to‘pni qabul qilib olgan Bernaru Silva uni bir urinishda darvozabon maydoni tomon uzatdi. U yerda David Silva darvozani aniq nishonga oldi.

Maydon egalari bo‘lim mobaynida o‘yinni nazorat qilishdi va tanaffusgacha yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti ham «shaharliklar» uchun omadli keldi. Serxio Aguero raqib jarima maydoni yonida Riyod mahrez bilan «devorcha» uslubida o‘ynadi va jarima maydoniga kirib borib, De Xeani dog‘da qoldirdi.

Oradan uzoq vaqt o‘tmay Ederson o‘z jarima maydoni ichida Romelu Lukakuni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Antoni Marsyal aniq bajardi.

Qolgan vaqtda mezbonlar o‘yinni nazorat qilishga urinishdi, «MYu» esa vaziyat bo‘lishi bilan hujumga tashlandi. Biroq gol urish yana mezbonlarga nasib qildi. Bernardu Silvaning uzatmasini Ilkay Gyundogan jarima maydoni ichida to‘xtatib oldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

APL, 12-tur

Manchester Siti – Manchester Yunayted 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 12 Silva, 2:0 – 48 Aguero, 2:1 – 58, penalti Marsyal, 3:1 – 86 Gyundogan.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez (Sane, 62), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gyundogan, 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Fellayni, Matich, Lingard (Lukaku, 57), Errera (Mata, 73), Marsyal, Reshford (Sanches, 73).

Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (33), Shou (42).

Manba: www.uff.uz
«Manchester Siti», Manchester Yunayted, Angliya chempionati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar