“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:30
ЎЗO‘Z

«MYu» so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, «Yuventus»dan g‘alabani tortib oldi

08 noya, 10:14 3 251 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«MYu» so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, «Yuventus»dan g‘alabani tortib oldi Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Yuventus Stedium»da kechgan bahsda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin kutilganidek mezbonlarning ustunligida boshlandi va tanaffusgacha ikki tomonda ham bir qator yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limni ikkala tomon ham faol boshladi. Mezbonlar 65-daqiqaga kelib o‘z maqsadlariga yetdilar. Maydon markazidan uzatilgan to‘pga Krishtianu Ronaldu to‘xtatmasdan zarba berdi va chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Ushbu goldan so‘ng turinliklar yanada jonlanishdi va raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlarni sodir etdilar.

Joze Mourinyu esa o‘zgarishlar orqali o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirishga urindi. Bu esa o‘z samarasini berdi: 86-daqiqada Xuan Mata jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, muvozanatni tikladi.

90-daqiqada mehmonlar g‘alaba to‘pini kiritishdi: jarimadan uzatilgan to‘pga Maruan Fellayni boshi bilan zarba berdi, uni darvozabon qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to‘p Aleks Sandroga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. «Yuventus» (9); 2. «MYu» (7); 3. «Valensiya» (5); 4. «Yang Boyz» (1).

YeChL, 4-tur

Yuventus Italiya – Manchester Yunayted Angliya 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar:
1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.

Yuventus – Shchensnы, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Bardzali, 83), Kellini, Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Kuadrado (Mandjukich, 90), Dibala, Ronaldu.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Reshford, 70), Errera (Mata, 79), Sanches (Fellayni, 79), Pogba, Marsyal, Matich.
Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75).


Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 106
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar