Aralash qoidalar bo‘yicha yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov va uning otasi Abdumannop Nurmagomedov taqdirlandi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Dog‘iston Respublikasi rahbari Vladimir Vasilev ota-bola Nurmagomedovlarni "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.
Vladimir Abdualiyevichning o‘zi kecha Xabib va uning otasiga unvonlarni tantanali ravishda topshirdi.