“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:18
ЎЗO‘Z

Mirjalol Qosimov: Bugun g‘alaba qozonishni xohlagandik, chunki...

05 noya, 21:58 3 447 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirjalol Qosimov: Bugun g‘alaba qozonishni xohlagandik, chunki... Bundan biroz avval Superliganing 29-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun g‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik. Chunki, shunda 3-o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Bugun qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik.

Agar hisob 2:1 bo‘lib turganida Sardor Sobirxo‘jayev yaratilgan qulay imkoniyatdan foydalanganida, o‘yin taqdiri hal bo‘lardi. Biroq, bu futbol. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, akademiyamizdan chiqayotgan yosh futbolchilar haqiqatdan ham juda chiroyli o‘yinlar ko‘rsatishmoqda. Aslida akademiyaning vazifasi ham shu. Umid qilamanki, bu barcha yosh toifalaridagi terma jamoamizga foyda beradi. Futbolda to‘xtab qolish kerak emas, faqat ishlash kerak. Respublikamizda bu kabi iqtidorli futbolchilar juda ko‘p deb o‘ylayman. Ularni qidirib topib, tarbiyalash kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar