“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

Jasur Abduraimov: "Keyingi yil "Paxtakor"ga bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelinadi"

01 noya, 23:04 3 392 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasur Abduraimov: "Keyingi yil "Paxtakor"ga bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelinadi" "Paxtakor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala tomondan kurashlarga boy bahs bo‘ldi. "Paxtakor" tomonidan hujumkor o‘yin, "Navbahor" tomonidan qarshi hujumlarga tayanilgan o‘yin ko‘rdik. Mehmonlarga bir ochko bilan tabriklayman. Halol futbol bo‘ldi, kimning omadi kelsa o‘sha yutadi. Mana shunday o‘yinlar ko‘p bo‘lishini istayman", - deydi Jasur Abduraimov.

- Shota Arveladze kelganiga bir yildan oshdi. Hech qanday natija kuzatilgani yo‘q. Qachon jamoa chempionlik yoki kubokni yutadi?
- Barcha narsaga vaqt kerak. Hech qaysi sehrgar kelib bir yilda barchasini qilmaydi. Biz oxirigacha chempion bo‘lish uchun kurashamiz. Men klubda 15 yildan buyon ishlab kelayapman. Hozir klubdagi barcha-barcha natija bo‘lishi uchun harakat qilishmoqda, ammo bu futbol. Qayerda natija bo‘ladi, qayerdadir yo‘q.

- Kubok finalida yutqazildi, chempionlik ham deyarli qo‘ldan ketdi. 2019 yilda ham mana shu qoloq futbolchilar bilan o‘ynaysizlarmi?
- Keyingi yil bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelish rejalashtirilmoqda. Ular orasida sobiq "paxtakorchilar" ham bor. 3-4ta pozitsiya kuchaytiriladi. Bir narsani tushuning, qaysidir futbolchi boshqa klubda yetakchi bo‘lishi mumkin ammo "Paxtakor"da bunday bo‘lmasligi mumkin. "Paxtakor"ga kelgan futbolchida chempionlik ruhi paydo bo‘lishi uchun vaqt kerak.

- Bir yarim yil shundayligicha o‘tib ketdi...
- Nega endi? "Paxtakor" halol futbol o‘ynamoqda. Finalni qarang, agar biz AGMKni mag‘lub etganimizda "Paxtakor" sotib oldi deyishardi to‘g‘rimi? Biz halol o‘ynadik. Halol futbolda yutish va yutqazish mumkin. Murabbiylar yoki futbolchilaga halol bo‘lmagan o‘yin orqali yutish rohat bag‘ishlaydi deb o‘ylaysizmi? Negadir jurnalistlar shunday narsalarni yozishmaydi. Mana halol futbol bo‘ldi shuni yozinglar. Yoki bugun "Paxtakor" safida olimpiya terma jamoasiga nomzod ikki futbolchi o‘ynadi - Jahongir Ahmadov va Jasur Yaxshiboyev. Shularni yozinglar. To‘g‘ri tanqid ham kerak, ammo yaxshi narsalarni ko‘proq yozish kerak deb o‘ylayman.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar