“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:27
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov: "Final oldidan biroz hayajon bor, lekin qo‘rquv emas"

27 okt, 20:10 3 248 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov: "Final oldidan biroz hayajon bor, lekin qo‘rquv emas" Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Unda AGMK va "Paxtakor" o‘zaro bellashadi. Bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov va futbolchi Vladislav Kasminin ishtirok etdi.

- Ertaga bizni juda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Final oldidan bizda biroz hayajon bor, lekin aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. So‘nggi uchrashuvlarda biroz muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Aynan shu sababdan ham ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishimiz talab etiladi.

Bizda o‘z tariximizda yangi sahifa ochish imkoniyati mavjud. Ishonaman, yigitlar buni yaxshi tushunib turishibdi. Shu boisdan ham ertaga bor mahoratimizni ishga solishimiz lozim bo‘ladi. To‘g‘ri, "Paxtakor" – juda kuchli jamoa. Ushbu klubda ajoyib mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Lekin biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz.

Futbolchi sifatida ko‘plab finallarda ishtirok etganman. Endi ilk marta murabbiy sifatida final bahsini o‘tkazaman. Murabbiy sifatida fainalda ishtirok etish mas’uliyatliroq ekanini ayta olaman. Agar ertaga shogirdlarim o‘z faoliyatlaridagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olishsa, g‘olib chiqib, ilk marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘ladi.

Final bahsiga imkon qadar yaxshi hozirlik olib borishga harakat qildik. Finalda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarimiz ishonchini oqlashimiz talab etiladi, - dedi murabbiy.

- Ertangi o‘yinda ijobiy natijaga umid qilyapmiz. Joangovar ruhda tayyorgarlik olib borayotganimizni ta’kidlay olaman. O‘zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli klublaridan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Ayrimlar AGMK jamoasining finalga qadar yetib kelishini kutishmagandi ham. Lekin biz shu yerga qadar yetib kela oldik. Endi maqsadga qadar yana birgina oxirgi qadam qolmoqda, - dedi Vladislav Kasminin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar