“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:42
ЎЗO‘Z

Andrey Kanchelskis mag‘lubiyatga izoh berdi

23 okt, 23:12 3 308 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kanchelskis mag‘lubiyatga izoh berdi Superliganing 27-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Lokomotiv"ni g‘alaba tabriklayman. Raqib yaxshi jamoa ekanligini ko‘rsatdi. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan e’tibori uchun mamnunman. Barcha xato qiladi, bu futbol. Yaxshiroq va ishonchliroq o‘ynashimiz mumkin edi. Yo‘l qo‘ygan birgina xatomiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimga hech qanday ortiqcha savollarim yo‘q. Futbol shunday o‘yinki, unda faqatgina aqllilar bo‘lishi va ular yaxshi yurishlar qilishi kerak.

O‘yingacha bizda kichik muammolar bo‘ldi. Hoshimov terma jamoada o‘ynagani uchun bir necha mashg‘ulotlarimizni o‘tkazib yubordi, shuningdek, diskvalifikatsiyaga uchradi. Karimov esa jarohat olgandi. Ular bizning asosiy tarkib futbolchilarimiz edi. Agarda ushbu futbolchilar maydonda bo‘lganida o‘yin boshqacha kechardi. Nima bo‘lgan taqdirda ham barchaga rahmat aytaman. Bugun yutishni istagandik. Ammo hayot davom etadi. Endi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, bugun g‘alaba qozonmoqchi edik, biroq bu amalga oshmadi.

Bizda o‘ng qanot himoyachisi muammosi kuzatildi. Oston takribda yorqin porlagan futbolchilardan biri. Bugun 4-3-3 taktikada o‘ynadik. Payovich o‘zi himoyachi bo‘lgani uchun, uni o‘ng qanotda o‘ynatsa bo‘lardi. Oston esa hujumkorroq futbolchi. Jamoada yaxshi futbolchilar ko‘p. Ular bo‘lganida o‘yin boshqacharoq kechardi. Ammo biz qanday bo‘lsak, shundaymiz. Bizning borimizni shu maydon ko‘rsatdi. Zaxira esa "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" kabi kabi katta emas. Yutqazdik, biroq futbolchilarga rahmat aytaman.

Oston O‘runov: - O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajara oldik. Ammo birgina xato orqali mag‘lub bo‘ldik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 118
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar