“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-10/1539923900_dikcdqgicjxdddewryloasw9a5ogi5yz.jpg[/img] Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari o‘tkazildi. O‘yinla

19 okt, 09:41 3 481 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-10/1539923900_dikcdqgicjxdddewryloasw9a5ogi5yz.jpg[/img] Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari o‘tkazildi. O‘yinla Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bahslari o‘tkazildi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir.

O‘zbekistonlik sovrindor sportchilar ro‘yxati:
Oltin:
Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)
Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika)
Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)
Umidjon Jalolov (erkin kurash)
Abdumalik Xalakov (boks)

Kumush:
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)
Muhammadqodir Toshtemirov (og‘ir atletika)
Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)
Shohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:
Nilufar Yermagambetova (dzyudo)
Indira O‘lmasova (gimnastika, mikst).
Dolera Davronova (og‘ir atletika)
Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)
Jahongir Rahmonov (boks)
Dildora Aliqulova (karate)
Timur Merjanov (boks).
Ma’lumot uchun, ushbu Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz yangi yo‘nalishlarda ham medallarga sazovor bo‘la oldilar. Jumladan, bungacha O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha hech qachon oltin medal qo‘lga kiritmagandi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo‘yicha medallarga ega chiqishmagan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ham avvalgi Olimpiya o‘yinlarida medallar olinmagandi. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.
O‘yinlar davomida sportchilarimiz 16 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiadasida hamyurtlarimiz 10 ta medalga ega chiqqandilar va yakunda medallar sifati bo‘yicha 27-o‘rinni egallashgandi. Bu safargi o‘yinlarda terma jamoa o‘z pozitsiyasini yanada yaxshiladi va jahonning 206 mamlakati ichida 13-o‘rindan joy oldi. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangiladi.
Bu borada O‘zbekiston Osiyoda beshinchi, MDHda uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘la oldi. Qo‘shni mamlakatlar ichida eng yaqin ta’qibchi Qozog‘iston terma jamoasi 10 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) 15-o‘rindan joy oldi. Qirg‘iziston esa 3 ta medal (2 ta kumush, 1 ta bronza) bilan 69-pog‘onadan o‘rin oldi. 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Afg‘oniston vakillari 90-o‘rinni egallashdi. Yana ikki qo‘shni Tojikiston va Turkmaniston terma jamoasi vakillari medallar qo‘lga kirita olishmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar