“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

Olga Zabelinskaya O‘zbekiston uchun dastlabki oltin medalini taqdim etdi (foto)

15 okt, 09:47 3 494 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olga Zabelinskaya O‘zbekiston uchun dastlabki oltin medalini taqdim etdi (foto) Fransiyada professional velosportchilar o‘rtasida «Chrono des Nations» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya ham ishtirok etdi.

26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada Zabelinskaya barcha raqiblarini ortda qoldirgan va marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan va O‘zbekiston jamoasiga ilk oltin medalni olib bergan. U 35 daqiqa 54 soniya (o‘rtacha tezlik 45 km/soat) natija qayd etgan holda oltin medalga ega chiqqan. Undan keyingi o‘rinni 12 soniya ortda qolgan daniyalik Emma Yorgensen, uchinchi o‘rinni 35 soniya kech qolgan fransiyalik sportchi Oudri Kordon-Ragot egallagan.

Zabelinskaya har yili o‘tkaziladigan ushbu musobaqada to‘rtinchi marta ishtirok etmoqda va birinchi marta poygada g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgustida 38 yoshli rossiyalik velopoygachi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston terma jamoasiga rasman o‘tgani haqida e’lon qilgandi.

U avgust oyi oxirida Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqchi bo‘lgandi, ammo unga turnirda qatnashish uchun ruxsat berilmadi.

Shosse velopoygasi bo‘yicha 2012 yilgi London Olimpiadasida ikkita bronza, 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan tajribali sportchi bilan Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qadar (2020 yil) shartnoma tuzilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 36
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 37
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar