“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»

14 okt, 08:50 3 898 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz» O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Ertangi o‘yin oldidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskuderolar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Azamat Abduraimov hamda Antxon Charola Eskudero jurnalistlarning savollariga javob berishar ekan, ushbu o‘yinni tashkil etgani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga minnatdorchilik bildirishdi.

Azamat Abduraimov: – Yig‘inga chaqirilgan ayrim futbolchilarda jarohat borligi sababli ertaga maydonga tusha olmasliklari mumkin. Shunga qaramay, ertangi o‘yinda biz hujumkor o‘yin namoyish qilamiz. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan CAFA U-15 musobaqasidagi ishtirokdan keyin ertangi o‘yin jamoa futbolchilari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Biz 5 ta yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionatini ham kuzatib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni tanlab oldik. Masalan, musobaqaning eng yaxshi to‘purari Sardor Tojiboyev safimizga qo‘shilgan. Saralab olingan nomzodlar o‘smirlar terma jamoasiga noyabr oyidagi yig‘inlarda qo‘shilishadi. Dekabr oyida ham bizni Malayziyada “Super Max” xalqaro musobaqasi kutib turibdi. Shu sabab noyabr oyida ham yig‘in tashkil qilib, futbolchilarni sinovdan o‘tkazishda davom etamiz.

Manba: pfl.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar