“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:31
ЎЗO‘Z

“Fargʻona vodiysi kubogi”: “Neftchi” turnirni gʻalaba bilan boshladi

09 okt, 23:02 2 781 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Fargʻona vodiysi kubogi”: “Neftchi” turnirni gʻalaba bilan boshladi 9-11 oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni sport orqali yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Fargʻona vodiysi kubogi” boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik.

Musobaqada Tojikistonning “Xoʻjand”, Qirgʻizistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishmoqda. Bugun “Fargʻona vodiysi kubogi”start oldi.

Unda ishtirok etayotgan Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi ilk oʻyinini Batken viloyati terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda “Neftchi” raqibni 7:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Batken – “Neftchi” – 1:7

Gollar:
Razzoqov (46) – Bobur Yuldashev (28, 39), Andrey Sidorov (30), Abdurahmon Abdulxaqov (33), Islom Toshpoʻlatov (71), Doston Abduraxmonov (83), Jamshid Qobulov (89).

Taʼkidlash joizki, musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilari ham oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Ilk oʻyinda fargʻonalik yosh futbolchilar Batken (U-12) jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi.

Ertaga “Neftchi” Qirgʻizistonning “Oloy” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 113
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 77
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 29
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar