“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:43
ЎЗO‘Z

“Barselona” “Mestalya”da “Valensiya” toʻsigʻidan oʻta olmadi

08 okt, 11:07 3 490 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Barselona” “Mestalya”da “Valensiya” toʻsigʻidan oʻta olmadi Ispaniya chempionatining 8-turidan oʻrin olgan “Valensiya” – “Barselona” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Mestalya” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuv debyuti mezbonlar uchun omadli keldi, 2-daqiqada burchakdan uzatib berilgan toʻpni Esekyel Garay yaqin masofadan darvozaga joylab hisobni ochdi. Shundan soʻng ustunlik kataloniyaliklar tomonida boʻldi.

Mehmonlarning ketma-ket hujumlari 23–daqiqaga kelib oʻz samarasini berdi. Luis Suaresdan uzatma qabul qilib olgan Lionel Messi jarima maydoni tashqarisidan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi.

Ikkinchi boʻlimda ikki tomonda ham bir qancha imkoniyatlar boʻldi, biroq uchrashuv yakuniga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

Shu tariqa, katloniyaliklar Primeradagi gʻalabasiz seriyalarini davom ettiradgan boʻldilar. “Barselona” ochkolarini 15taga yetkazib olgan holda “Atletiko” bilan ikkinchi pogʻonani boʻlishib turibdi.

La Liga, 8-tur

Valensiya – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar:
1:0 – 2 Garay, 1:1 – 23 Messi.

Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 79), Gedesh (Cherishev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen, Rakitich, Buskets, Artur (Rafinya, 88), Koutino (Dembele, 84), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Suares (41), Soler (43), Koutino (58), Parexo (58).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 95
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 306
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar