“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:42
ЎЗO‘Z

Andrey Kanchelskis “Navbahor”ning yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi (foto)

07 okt, 17:30 3 760 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kanchelskis “Navbahor”ning yangi murabbiyi sifatida tanishtirildi (foto) Bugun, 7 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” oʻyingohda Namanganning “Navbahor” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Andrey Kanchelskisning taqdimot marosimi oʻtkazildi.

“Sports.uz” nashri xabariga koʻra, tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov jamoaga yangi bosh murabbiy Andrey Kanchelskisni tanishtirgan va unga toʻn kiydirilgan.

Hozircha “Navbahor” klubi va murabbiy oʻrtasidagi kelishuvning boshqa jihatlari maʼlum emas.

Shuningdek, avvalgi bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonovning isteʼfosi boʻyicha izoh berilmagan.

Ayni vaqtda “Navbahor” Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi bosqichda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar qatorida boʻlib, 21 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Jamoa birinchi oʻrinda ketayotgan “Lokomotiv”dan 6 ochko, ikkinchi oʻrindagi “Paxtakor”dan esa 3 ochko ortda bormoqda.

Maʼlumot uchun, Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida “Torpedo ZIL”, “Ufa”, “Volga NN”, “Yurmala” va “Solyaris” klublarini boshqargan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 148
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 197
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar