“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:12
ЎЗO‘Z

Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim”

27 sen, 18:30 4 101 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fazliddin Gʻoibnazarov: “Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim” Xabar berib oʻtganimizdek, Olimpiya oʻyinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarov 20 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Oʻsha kuni unga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bogʻlanib, ushbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

- Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. Toʻqnash keladigan raqibimni oʻrganmay ringga chiqmayman. Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashgʻulot zallarini ham shunga qarab oʻzgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar oʻtkazdim. Bir soʻz bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni toʻliq oʻrganishga qaratilgan. Oʻylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktyabr kuni tomoshabop jang oʻtkazib, gʻalabaga erishmoqchiman, – dedi bokschimiz.

Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional boksda beshta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkita gʻalabani muddatidan oldin qoʻlga kiritgan. Tajribali Lopes esa 34ta jang oʻtkazib, ularning 23tasida gʻalabaga erishgan. (15tasida nokaut evaziga). Toʻqqiz marotaba magʻlubiyatga uchragan (1 marotaba nokaut boʻlgan).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar