“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:43
ЎЗO‘Z

Karate federatsiyasida rahbar oʻzgardi. Nurxon Nafasov lavozimini tark etdi

27 sen, 08:01 4 606 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karate federatsiyasida rahbar oʻzgardi. Nurxon Nafasov lavozimini tark etdi “26 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Universal” sport saroyining majlislar zalida Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa aʼzolari ishtirok etishdi», deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.

Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, OʻKMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni koʻrib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari oʻrin olgandi.

Yigʻilish davomida federatsiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar koʻrib chiqilib, muhokama qilindi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon Toʻxtasinovich Mullayev nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlashgan va Mullayev tashkilotning yangi rahbariga aylangan.

Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi

Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Bungacha Osiyo sambo ittifoqi prezidenti sifatida ishlab kelgan Alamjon Mullayev endi Nurxon Nafasov oʻrnida ish boshladi.

Nurxon Nafasov shu yilning may oyida 12 yillik tanaffusdan keyin yana Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident boʻlgandi. U bu safar yarim yilga qolmay lavozimni tark etishi sababi nomaʼlum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar