“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

“Barselona” oʻzida “PSV”ga 4 ta gol urdi. Messidan xet-trik!

19 sen, 06:00 3 408 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Barselona” oʻzida “PSV”ga 4 ta gol urdi. Messidan xet-trik! Yevropa Chempionlar ligasi 1-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “PSV” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da boʻlib oʻtgan oʻyin mezbonlarning gʻalabasi bilan tugadi.

Uchrashuv mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. 31-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasini mohirlik bilan ijro etdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

74-daqiqada Usmon Dembele ikkita himoyachini aldab oʻtgan holda qulay vaziyatga chiqib bordi va darvozani aniq nishonga oldi. Oradan koʻp oʻtmay Ivan Rakitich jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda paydo boʻlgan Messi toʻpni darvoza tomon burib yuborib dublini nishonladi.

79-daqiqada Samuel Umtiti eyndxovenliklar vakili Irving Losanoga nisbatan qoʻpol oʻynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib maydoni tark etdi.

Oʻyin tugashi arafasida Luis Suares toʻpni jarima maydoniga tashlab berdi, toʻpni qabul qilib olgan Messi uni darvozabonning ustidan oshirib darvozaga joylab qoʻydi va xet-trik qayd etdi.

Shu tariqa, “Barselona” musobaqani yirik gʻalaba bilan boshladi.

YECHL, 1-tur

Barselona (Ispaniya) – PSV (Gollandiya) 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Umtiti, Rakitich (Vidal, 85), Buskets, Koutino (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Gutyerres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.

Ogohlantirishlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).
Chetlatish: Umtiti (79).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 39
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 86
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar