Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov “Gannover” himoyachisi Valdemar Antonni oʻz jamoasi safida koʻrmoqchi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga qaraganda Cherchesov ushbu futbolchini JCH-2018ga qadar terma jamoaga jalb etishni rejalashtirgan, biroq ayrim sabablarga koʻra bu ish amalga oshmay qolgan.
Eʼtiborlisi, 22 yoshli Anton Oʻzbekistonda tugʻilgan. Germaniya yoshlar terma jamoasida 8ta oʻyinda ishtirok etgan.