Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “qirollik klubi”ni tark etish niyati yoʻq ekanligini aytdi.
“Real”dan ketish? Men bu haqda umuman oʻylaganim yoʻq. Bu jahondagi eng yaxshi klub sanaladi. Nimaga uni tark etishim kerak?", - dedi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib oʻtamiz, yozgi transfer bozori vaqtida Modrichning “Inter”ga oʻtishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilgacha moʻljallangan.