“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:05
ЎЗO‘Z

Karlush Keyrush: “Sekin-sekin Oʻzbekistonning oʻyini kuchayib borishiga shubha yoʻq”

11 sen, 22:39 3 720 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karlush Keyrush: “Sekin-sekin Oʻzbekistonning oʻyini kuchayib borishiga shubha yoʻq” Oʻzbekiston - Eron (0:1) oʻrtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush qatnashdi.

"Bugun juda ham chiroyli oʻyin boʻldi. Ikkala jamoa ham yaxshi oʻyin koʻrsatishdi. Bugungi oʻrtoqlik uchrashuvi juda yaxshi oʻtdi deb ayta olaman.

Bugungi oʻyindagi natija muhim emas edi. Shunga qaramay oʻyin juda ham qiziqarli boʻldi. Bu oʻyin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi. Oʻzbekiston doim Eron bilan yaxshi oʻyin koʻrsatib keladi. Masalan, Jahon chempionatidan oldin Oʻzbekiston Tehronga kelib oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishgandi", - deydi Keyrush.

- Sizning qoʻl ostingizda Eron terma jamoasi yaxshi oʻyin koʻrsatib kelmoqda. Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?
- Osiyo Kubogida chempion boʻlish juda ogʻir. Sababi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Oʻzbekiston ham buni istaydi. Ammo chempion juda qiyin. Kelajagim haqida gapiradigan boʻlsam hozircha shartnomaga qoʻl qoʻyganim yoʻq va kutayapman. Bu bizning ichki ishimiz hisoblanadi.

- Siz anchadan buyon Eronda ishlayapsiz. Qosimov, Abramov, Babayan, Kapadze va bugun Kuper jamoasini magʻlub etdingiz. Qaysi oʻyinda Oʻzbekiston kuchliroq oʻynaganini aytib bera olasizmi?
- Ektor Kuper bir oy oldin terma jamoani qabul qilib oldi. Siz bosh murabbiyga ishonishingiz kerak. Bugun ham jamoaingiz yaxshi oʻynadi, sekin-sekin Oʻzbekistonning oʻyini kuchayib borishiga shubha yoʻq.

- Oʻyin davomida siz asosan qarshi hujumda gol urish va shu natijani saqlab qolishga harakat qildingizmi?
- Bugungi oʻyin shunchaki tayyorgarlik vazifasini oʻtab berdi. Jahon chempionatidan oldin bizning taktikamiz boshqacha edi, endi taktika oʻzgardi. Sababi Jahon chempionati va Osiyo kubogi boshqa-boshqa musobaqalar. Bugun koʻplab yosh futbolchilarga imkon berdik. Chiziqlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni tekshirib koʻrdik.

- May oyida Tehronda Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan edinglar. Oʻsha oʻyin bilan bugungi oʻyin oʻrtasida qanday farqni sezdingiz?
- Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida bir nima deyishim mumkin. Oʻzbekiston terma jamoasi safida kuchli futbolchilar koʻp. Janubiy Koreyadagi Son Xon Min, bizdagi Sardor Azmun va Oʻzbekistondagi Odil Ahmedov Osiyoning top futbolchilari hisoblanadi.

Manba: championat.asia






Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 0
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 91
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 65
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 27
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 133
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 4
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 3
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 20
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 124
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 134
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 218
  • Bo‘limlar