“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:26
ЎЗO‘Z

Sardor Azmunning Oʻzbekistonga qarshi nega oʻynamasligi maʼlum boʻldi

09 sen, 09:56 3 543 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sardor Azmunning Oʻzbekistonga qarshi nega oʻynamasligi maʼlum boʻldi Eron terma jamoasining Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish uchun Toshkentga keladigan futbolchilari roʻyxatida Sardor Azmun yoʻq.

Buning sababi nima ekanligini bilish maqsadida «Stadion.uz» eronlik jurnalist bilan bogʻlangan.

«Eronlik muxlislar JCH vaqtida Azmun manziliga juda qattiq haqoratli soʻzlar aytishgan, hatto uning onasini ham haqorat qilganlar. Shu sababga koʻra, Sardor Azmun Eron terma jamoasida oʻynashdan bosh tortyapti. Murabbiy Karlush Keyrush Azmunni terma jamoaga chaqirgan edi, ammo u Oʻzbekistonga qarshi oʻyin oldidan oʻtkazilgan mashgʻulotlarga kelmadi.

Keyrush uni terma lagerida yoʻqligi sabab kengaytirilgan tarkibga kiritmaslikka majbur boʻldi. Sardor Eron ishongan eng yaxshi hujumchilardan biri, ammo uning bu qarori qanchalik toʻgʻri, bu haqida hech nima deya olmayman. Azmunning terma lageriga kelmagani uni jamoada boshqa oʻynamasligidan darak beradi. Endi Eron bunday ayriliqdan soʻng uning oʻrnini bildirmaydigan hujumchi topishi kerak boʻladi», — deydi eronlik jurnalist Murtazo.

Maʼlumot oʻrnida, Sardor Azmun shu yilning 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida boʻlib oʻtgan JCH-2018 saralashidan oʻrin olgan Oʻzbekistonga qarshi oʻyinning 23-daqiqasida Aleksandr Lobanov qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol qilgan edi. Oʻsha oʻyinda mezbonlar Oʻzbekiston ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.

23 yoshli futbolchi ayni vaqtda Rossiyaning “Rubin” klubi sharafini himoya qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 23
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 133
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar