“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

Kurash. Sherali Joʻrayev “Prezident sovrini” uchun oʻtkazilgan I xalqaro turnir gʻolibi (foto)

07 sen, 12:28 7 130 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kurash. Sherali Joʻrayev “Prezident sovrini” uchun oʻtkazilgan I xalqaro turnir gʻolibi (foto) Poytaxtda kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar oʻzbekistonlik kurashchi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Sherali Joʻrayev oʻrtasidagi final bellashuvida esa Sheralining qoʻli baland keldi va yakunda u musobaqa gʻolibiga aylandi.

Sherali oltin medal bilan birga musobaqa gʻolibi uchun atalgan 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi oʻrin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQSH dollari nasib qildi. Bronza medalini qoʻlga kiritgan sportchilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSH dollari bilan ketadigan boʻlishdi. Shuningdek, 5-8 oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilarga 1250 AQSH dollari miqdorida mukofot topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Sherali Joʻrayev va Bekmurod Oltiboyev Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida dzyudo boʻyicha ishtirok etib, bronza medallarga sazovor boʻlishgandi.

Joʻrayev -100 kg vazn toifasidagi bahslarda, Oltiboyev esa +100 kg vazn toifasidagi bahslarda uchinchi boʻlishgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 288
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 137
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 242
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar