“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:44
ЎЗO‘Z

Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi (video)

28 avg, 22:33 4 673 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi (video) UYEFA Yevropa futbolining 2017/18 yillar mavsumidagi eng chiroyli golini aniqladi. Unga koʻra, YECHL yarim finalidagi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Real” safida “Yuventus” darvozasiga urgan goli eng yaxshi deya eʼtirof etildi.

Ushbu eʼtirof UYEFA rasmiy saytidagi soʻrovnoma natijalariga asoslanadi. 2 hafta davom etgan ovoz berish jarayonida UYEFA bayrogʻi ostidagi 11 ta musobaqa oʻyinlari orasidan tanlab olingan 11 ta gol varianti taqdim etilgan edi. Soʻrovnomaga jami 349 915 ovoz kelib tushgan boʻlib, shundan deyarli 200 000 tasida gʻolib nomzod qoʻllab-quvvatlangan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda “Yuventus” aʼzosi hisoblanuvchi Ronaldu oʻtgan haftada bergan intervyularidan birida aynan ushbu golini faoliyatidagi eng chiroylisi deb hisoblashini aytib oʻtgandi.

Eng koʻp ovoz toʻplagan gollar:
1. 197 496 ta ovoz - Krishtianu Ronaldu (“Yuventus” – “Real”, Chempionlar ligasi)
2. 35 558 ta ovoz - Dimitri Payet (“Marsel” – “RB Leypsig”, Yevropa ligasi)
3. 23 315 ta ovoz - Eva Navarro (Germaniya – Ispaniya, 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati)

Yevrofutbolning eng chiroyli gollari mualliflari:
2014/15 – Lionel Messi. 06.05.2015 dagi “Barselona”-“Bavariya” (3:0) oʻyinidagi gol
2015/16 – Lionel Messi. 24.11.2015 dagi “Barselona”-“Roma” (6:1)
2016/17 – Mario Manjukich. 03.06.2017 dagi “Yuventus”-“Real” (1:4)
2017/18 – Krishtianu Ronaldu. 03.04.2018 dagi “Yuventus”-“Real” (0:3)

Bu yil ovozga qoʻyilgan gollar oʻnligi:
[media=https://youtu.be/PLk5zdRHzQQ]




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar