“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:40
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi

26 avg, 20:18 4 254 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi Oʻzbekiston terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreya bilan oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi, deb xabar bermoqda OʻFA sayti.

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan muzokaralar olib borildi va 20 noyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, Oʻzbekiston terma jamoasi Avstraliyada tayyorgarlik koʻrishga qaror qilgan. Shu tufayli, bu oʻyin Avstraliyada boʻlib oʻtadi.

Avvalroq, sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 4ta terma jamoa bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishilgan edi. Xususan, Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron, 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya va 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 264
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 142
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 340
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 134
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 159
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar