“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:32
ЎЗO‘Z

Erkin kurashchilar O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal keltirishdi (foto)

20 avg, 23:43 5 502 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkin kurashchilar O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal keltirishdi (foto) O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindoriga aylandi.

Musobaqa davomida Indoneziya, Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, final ostonasida mag‘lub bo‘lgan Davit Modzmanashvili bronza uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqdi va 2:0 hisobida (1:0, 1:0) g‘alaba qozonib, O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal qo‘shib qo‘ydi.

125 kg vazn toifasida oltin medal uchun bahs yarim finalda Davit Modzmanashvilini mag‘lub etgan eronlik Parviz Hadizoda va finalga Sumit Sumitni yengib chiqqan xitoylik Deng Zivey o‘rtasida kechdi. Bu bahsda Eron vakili raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda (7:0) oltin medalni o‘ziniki qildi.

Ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Dauletbike Yaxshimuratova ham bronza uchun kurashdi. Ammo u medal uchun bahsda janubiy koreyalik Kim Hyungjuga yutqazdi - 0:6.

Endilikda, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 7taga yetgan - 1 oltin, 2 kumush va 4 bronza. Endi O‘zbekiston umumiy reytingda Qozog‘istonni quvib o‘tib 10-pog‘onada joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, kun boshida vakillarimiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turishgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 0
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 152
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 111
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 216
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar