“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

Ravshan Haydarov: "Bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi"

14 avg, 17:53 3 480 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Haydarov: "Bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi" Bugun Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Bangladesh olimpiya terma jamoalarining guruh bosqichidagi ilk o‘yini yakunlandi.

Undu terma jamoamiz Zabihillo O‘rinboyev, Dostonbek Hamdamov va Ikrom Aliboyevning 3 goli evaziga 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo‘lib Ravshan Haydarov jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Unga yarim himoyachi Ikrom Aliboyev hamrohlik qildi.

Ravshan Haydarov: - Avvalo muxlislarimizni musobaqa startidagi yirik g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin to‘liq nazoratimiz ostida o‘tdi. To‘p bilan ko‘proq muomilada bo‘ldik. Hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. Birinchi o‘yindagi g‘alaba nihoyatda muhim edi. Buni uddalay olganimizdan xursandman.

Bangladesh terma jamoasi ayniqsa birinchi bo‘limda juda iliq taassurot qoldirdi. Bir necha xavfli qarshi hujumlar tashkil etishdi. Ammo tan olish lozim bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi. Biz o‘yinga rejalashtirgan strategiyani to‘liq bajardik deb ayta olaman.

Qatar va Tailand termalariga qarshi navbatdagi o‘yinlarga ham reja asosida tayyorgarlik ko‘ramiz. Musobaqa taqvimi ancha zich tuzilgan. Biz ham shundan kelib chiqib tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqanmiz. Navbatdagi bahslarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

Ikrom Aliboyev: - Har doim birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Buni bugungi o‘yin ham ko‘rsatib berdi. O‘yin avvalida biroz qiynaldik, ammo keyinchalik nazorat to‘liq biz tomonga o‘tdi. O‘zbekistonlik futbol muxlislarini ushbu g‘alaba bilan tabriklab qolaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 0
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi! 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 222
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar