“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:44
ЎЗO‘Z

Braziliya so‘nggi turda Serbiyaga imkon qoldirmadi va 1/8 finalga yo‘l oldi

28 iyun, 01:06 3 494 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Braziliya so‘nggi turda Serbiyaga imkon qoldirmadi va 1/8 finalga yo‘l oldi JCH-2018 musobaqasi “Ye” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Serbiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Spartak Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda braziliyaliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv “pentakampionlar”ning hujumlari ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lim debyutida serblar himoyasi yaxshi harakat qildi. Braziliyaning hujumlari 36-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi: Fillipe Koutino ajoyib pas bilan Paulinoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, yarim himoyachi esa to‘pni darvozabonning ustidan oshirgan holda gol urdi.

68-daqiqada Tiago Silva Neymar tomonidan burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa, Braziliya uchinchi turda g‘alabaga erishgan holda guruhda birinchi o‘rinni oldi va 1/8 finalda Meksika bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Serbiya esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

JCH-2018
“Ye” guruhi 3-tur

Serbiya – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 36 Paulino, 0:2 – 68 Tiago Silva.

Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Rukavina, Velkovich, Milinkovich-Savich, Matich, Kostich (Radonich, 82), Tadich, Lyayich (Jivkovich, 75), Mitrovich (Yovich, 89).

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo (Filipe Luis, 10), Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 66), Kazemiro, Koutino (Renato Augusto, 80), Villian, Neymar, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Lyayich (33), Matich (48), Mitrovich (70).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar